Dortmundliklar o'z etakchisi Xolandni boshqa klubga qo'yib yubormoqchi emas.
Klub ijrochi direktori Hans-Yoaxim Vattske futbolchini nima qilib bo'lsa ham jamoada olib qolish niyati borligini bildirdi.
«Biz Xolandni sotib yuborish haqida umuman o'ylaganimiz yo'q. Unda Levandovskining taqdirini ko'rsa bo'ladi. U bir kun kelib baribir jamoani tark etadi - bunga shubham yo'q. Nima bo'lgan taqdirda ham grand klublar ixtiyoriga borib qo'shilgani ma'qul. Masalan, "Real"ga.
Biz ham uning o'sishi uchun barcha qarorlarga rozimiz. Ammo, ayni damdagi og'ir vaziyatda u Dortmundga kerak va transfer borasida hech qanday gap-so'z bo'lishi mumkin emas», - deydi Vattske.
Eslatib o'tamiz, Holandning «asalarilar» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o'z yakuniga etadi.