«Real» markaziy himoyachisi Serxio Ramos uchun kurashga yana bir grand klub qo'shilmoqda.
ESPN tarqatayotgan ma'lumotlarga qaraganda «Manchester Siti» rahbariyati ispaniyalikni yozda o'z safiga qo'shib olishga jiddiy harakat qilib ko'radi. Xususan, «shaharliklar» ustozi Pep Gvardiola ham futbolchining shaxsiy muxlisi ekanligini yashirib o'tirmadi va uni jamoasiga olib kelish niyati borligini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Ramosning «qirollik klubi»dagi shartnomasi shu yilning yozida o'z nihoyasiga etadi va u hozircha yangi taklif borasida jiddiy qarorga kelmagan.