Frantsiyaning PSJ" klubi Kilian Mbappeni sotishga tayyor, faqatgina rekord summaga!
Kilian Mbappening «PSJ»dagi kelajagi so'roq ostida turibdi. «PSJ» Kilianga yangi shartnoma taklif qiladi, lekin katta ehtimol bilan u rad javob beradi, chunki unga «Real» va «Liverpul» klublari faol qiziqish bildirmoqda.
Mbappening parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. «PSJ» Kilianning transferidan katta mablag' ishlab olmoqchi va bu pullarni yozgi transfer bozorida sarflamoqchi.
«PSJ» «Liverpul» va «Real» klublariga Mbappeni sotishga tayyor ekanligini bildirdi. Agar qaysidir klubi 250 million evro taklif qilsa, u holda "PSJ" Mbappeni sotib yuboradi.
«PSJ» ushbu transferdan tushadigan pulni Messining shartnomasiga sarflamoqchi.