"Bavariya" himoyachisi David Alaba faoliyatini "Real"da davom ettirishga yaqin turibdi.
"Barselona" esa avstriyalik futbolchi uchun kurashdan chiqdi. Ushbu transferni amalga oshirish uchun "ko'k-anorranglilar"ning moliyaviy ahvoli imkon bermadi.
Davidning myunxenliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi va u "Santyago Bernabeu" erkin agent sifatida ko'chib o'tadi. "Real" Alabaga 10 million evro yillik maosh taklif qilmoqda.
"Barselona" e'tiborini "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiyaga qaratdi.