"Real" yarim himoyachisi Eden Azarga "Manchester Siti" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Express" tarqatgan xabarga ko'ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu transfer tashabbuskori hisoblanadi. U o'z jamoasida Azar va Kevin De Bryuynedan iborat juftlikni ko'rishni istamoqda.
"Real" esa belgiyalik futbolchini sotmoqchi emas. Ammo madridliklar Erling Xoland, Eduard Kamaving va Kilian Mbappeni xarid qilish yo'lida Azarni sotishlari mumkin.
Azar joriy mavsumda 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.