«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionatining 17-turi doirasida bo'lib o'tgan «Selta»ga qarshi o'yin (2:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Biz boshidan oxirigacha o'yinni nazorat qildik. Muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Maydonning raqib tomonidan pressing uyushtirish va g'alaba uchun intilish — bu o'zimizga xos jihat.
Asensio uchun xursandman. U jiddiy jarohatni boshdan kechirdi, hozir esa Marko yaxshi o'ynamoqda. Azar? Bosqichma-bosqich oldinga intilamiz.
Lukas Vaskes yaxshi o'ynamoqda. U juda ishonchli futbolchi, u jamoa o'yiniga yaxshi kirishib ketgan o'yinchi, haqiqiy "Madrid" futbolchisi. Uning o'yini meni va jamoadoshlarini hayron qoldirmaydi.
Karvaxal oyog'ida og'riq his qildi. O'ylashimcha, jiddiy narsa yo'q», – dedi murabbiy.