1 yanvardan boshlab Ramos shartnoma borasida boshqa jamoalar bilan muzokaralar o'tkazish huquqiga ega. Himoyachi jamoani tark etadigan bo'lsa, qirollik klubi uning o'rniga David Alaba (“Bavariya”) yoki Erik Garsiya (“Manchester Siti”)ni olib kelishi mumkin. SHuningdek, ehtimoliy transferlar ruyxatidan “Vilyarreal” himoyachisi Pau Torres ham joy olgan.
Ramos 2005 yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib keladi. Bungacha u “Sevilya”da to'p tepgan va ushbu jamoa tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 34 yoshli futbolchi “qaymoqranglilar” bilan 22 ta sovrin yutishga erishgan. Ular orasida to'rt marta ECHL va besh karra Ispaniya chempionligi mavjud. Futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi.