Marca nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Myunxenning "Bavariya" universal himoyachisi David Alaba aftidan "Real" futbolchisiga aylanadi.
28 yoshli futbolchining agenti "qaymoqranglilar" bilan muzokara olib bordi va dastlabki kelishuvga erishishdi.
To'g'ri, "Real" qishda avstriyalik futbolchini sotib olish niyatida emas, yozda esa uni erkin agent sifatida qo'lga kiritmoqchi.