"Real" himoyachisi Nacho Fernandez "Sevilya" darvozasiga ilk golni kiritib, "Real"ning ketma-ket 62-golini kiritishga muvoffaq bo'ldi.
Bu bilan "Qirollik klubi" Myunxenning "Bavariya" klubiga tegishli bo'lgan ketma-ket 61 ta o'yinda gol kiritish rekordini yangiladi. Ma'lumot uchun, "Bavariya" 2013-yildan 2014-yilgacha ketma-ket 61 ta o'yinda raqiblar darvozasiga to'p kiritib top-5 liga rekordini o'rnatgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Real" so'nggi bor o'tgan yili "Manchester Siti" (0:0) uchrashuvda to'p kirita olmagan edi.