Madridning «Real» klubi sardori Serxio Ramos jamoaning yaqin kunlardagi o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin.
Marca nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "qaymoqranglilar" sardori jamoaning bugungi umumiy mashg'ulotlarida ishtirok etmadi. Ramosning «Selta»ga qarshi maydonga tushish yoki tushmasligi haqidagi qaror o'yin kuni qabul qilinadi.
«Real» hamda «Selta» jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga, ya'ni 2 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da o'tkazilishi rejalashtirilgan.