Madridning «Real» klubi o'z futbolchilari bilan oylik-maoshlarni 10 foizga qisqartirishga erishganligi haqida Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, maoshlarning qisqartirilishi dastlabki ikki tarkibga, akademiya va rahbariyatga ta'sir qiladi.
Ish haqlarining qisqartirilishiga sabab - koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan moliyaviy ishqiroz bo'lmoqda.
Xabarda aynan qaysi futbolchilar bu bitimga erishilgani haqida aniq ma'lumot keltirilmagan.