"Real Sosedad"ga qarshi bahs 34 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi uchun La Ligadagi 500-o'yin bo'ldi.
Ispaniya chempionatidagi hozirgi o'yinchilardan faqatgina Xoakin (565) va Serxio Ramos (506) Raul Garsiyadan ko'p o'yin o'tkazishgan.
Raul o'z faoliyati davomida "Osasuna" (126ta o'yin, 21ta gol), "Atletiko" (329ta o'yin, 46ta gol) va "Atletik" (224ta o'yin, 64ta gol) klublari sharafini himoya qilgan.