Evropa superkubogi uchun kechgan bahs shuni ko'rsatib berdiki, hali “Manchester Yunayted”da muammolar bor ekan. Jozening qiladigan ishi ko'p ekan rostdan ham.
Avvalo, hujum chizig'ini mukammallashtirish borasida yaxshilab o'ylash kerak. Eng ajablanarlisi, “Manchester Yunayted” hujumchilari yomon emas — Antoni Marsial, Markos Reshford, Jeysi Lingard va Romelu Lukaku. Har biri alohida qobiliyatga ega. Unda nega natija yo'q? gap shundaki, Joze bir-birini tushunib o'ynaydigan hujumchilar juftligini tuzib olishi kerak. Masalan, bugungi o'yinda Mxitaryan Reshfordga juda yaxshi tandem bo'lishini isbotladi, faqat Reshford qulay imkonni qo'ldan chiqardi. Lukaku esa hali ham “Manchester Yunayted”ga begonadek yuribdi. Uni tushunishmayapti, golni esa tasodifan urdi, ya'ni Keylor Navas qaytargan to'p oyog'iga kelib tushdi.
Quruq futbolchi sotib olavergan bilan ish bitmaydi, ularni to'gri taqsimlay bilish kerak manavi asosiy, manavi zaxira deb. Joze Mourinyoda imkoniyat katta, futbolchilari ko'p, shuning uchun u ko'p narsa qila olishi mumkin.
Xullas, bu yog'iga “Manchester Yunayted” “Real” darajasidagi jamoalar bilan o'ynash ehtimoli katta. Har holda Chempionlar ligasida uzoqqa borishni istasa shunga majbur. Buning uchun esa Joze tarkib va taktika borasida muqovil variantni tanlab olishi lozim.
Bugun “Manchester Yunayted” o'zidan mag'lub bo'ldi. Reshfordning qulay vaziyatlarni ko'kka sovurgani, Lukakuning ajoyib imkoniyatdan foydalana olmagani yakunda “Manchester Yunayted”ning mag'lubiyatini ta'minlab berdi. Bu yog'iga bunday xatolarga yo'l qo'ymaslik kerak. Har holda bu “Manchester”ga yarashmaydi.