Amerikaning ESPN nashri "Globe Soccer Awards" tomonidan 21-asrning eng yaxshi murabbiyi tanlovida muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalarini e'lon qildi.
Manbaga ko'ra, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 34% ovoz bilan tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Ikkinchi pog'onani Zayniddin Zidan band etdi. «Real» ustozi uchun ishtirokchilarning 30 foizi ovoz berishdi.
«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson 27% foiz ovoz bilan uchinchi o'rinni egalladi.