- Marselo va Isko tarkibga kirmayotganini ko'rish sizga og'ir emasmi?
- Bu men uchun og'ir, chunki mazkur futbolchilar o'ynashni xohlashadi. Hamma buni istaydi. Albatta, biz bosib o'tgan davrni hisobga olsak, Marselo va Isko bilan bog'liq vaziyat mushkul.
Bu murabbiylik faoliyatimdagi eng qiyin tanlovdir. Har bir uchrashuv uchun tarkibni tayyorlashim lozim.
Barcha futbolchilarimga ishonaman. Marselo va Isko “Real” azolari. Ular ketishni xohlaydimi yo yo'q, bu haqda o'ylamayapman, chunki ularning qaroriga tasir o'tkazolmayman. Ular juda yaxshi mashg'ulot o'tkazishmoqda, deb aytishim mumkin. Ular juda professional va o'z ishiga jiddiy yondashishadi”, deydi murabbiy.