"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFA Superkubogi "MYU"ga qarshi o'yinda zahira o'rindig'ida qoldirilganidan xabaringiz bor.
Portugaliyalik futbolchi 2015-yildan beri ilk marta uchrashuvni zahira o'rindig'idan boshladi. So'nggi bor Karlo Anchelotti davrida 2015-yil Qirol kubogida "Atletiko"ga qarshi (0:2) zahiradan Xames o'rniga maydonga tushgan edi.