Londonning «Tottenxem» klubida ijara asosida to'p surayotgan Garet Beyl oyog'idagi jarohat sababli bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino ma'lumot berdi.
- Garetning sog'lom bo'lishi haqida o'ylamayapman. Buni jiddiy jarohat deb ayta olmayman, lekin bir necha hafta maydonga tusha olmasligini taxmin qilyapman, - dedi Mourino.
Eslatib o'tamiz, huquqiy jihatdan Madridning "Real" klubiga tegishli bo'lgan Beyl 19 sentyabr kuni "shporlar" a'zosiga aylangandi va u shu kungacha atigi 161 daqiqa to'p surdi.