Madridning «Real» klubi qishki transfer bozorida yangi futbolchi xarid qilmaslikka qaror qildi. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, «Qirollik klubi» yangi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olish uchun yozgi transfer bozorini kutadi. «Blankoslar» bosh murabbiyi Zinedin Zidan rahbariyatdan yanvar oyida yangi futbolchini sotib olishni so'ramadi.
Shuningdek, «Real» o'z futbolchilarini sotishni ham rejalashtirmayapti. «Qaymoqranglilar» hozirgi tarkibi bilan 2020/2021 yilgi mavsumni yakunlashga qaror qilishgan.