Madridning «Real» klubi ijara asosida "Tottenxem"da to'p surayotgan Garet Beylning atrofigi voqealardan xavotirda.
AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, madridliklar yozgi transfer chog'ida uelslik futbolchi borasida biror bir klubdan taklif olmasliklari haqida xavotirga tushishmoqda.
«Real» Beyl o'zining eng yaxshi jihatlarini "Tottenxem"da ko'rsatishga va uni "shporlar"ga 100 million evroga sotib yuborishga umid qilgandi. Biroq, "Tottenxem" rahbariyati Beylning o'yinlaridan qoniqish hosil qilmayotganini bildirdi.
Beylning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.