"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis jamoasini o'zgartiradi.
Italiya matbuotining xabariga ko'ra, ispaniyalik havbek "adzurrilar" bilan yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qilgan. Uning amaldagi bitimi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq, 24 yoshli Ruisga "Real" va "Barselona" klublari qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.