Umumiy ochkolar soni bo'yicha 2020 yilning eng yaxshi jamoasi "Real Madrid" bo'ldi (35 o'yin – 82 ball). "Bavariya" ispan klubini bemalol ortda qoldirishi mumkin edi, ammo nemislar kamroq uchrashuv o'tkazishgan (30 o'yin 79 ochko).
3-o'rin "Milan"ga nasib qildi. Joriy yilda 35 ta o'yin o'tkazgan Stefano Pioli jamoasi 79 ochko jamg'argan.
Keyingi pog'onalarga "Liverpul" (34 o'yinda 76 ball) va "Portu" (69 ochko) joylashgan.
Eslatib o'tamiz, 27 dekabr kuni o'tgan "Globe Soccer Awards" taqdirlash marosimida "Bavariya" yilning, "Real" XXI asrning eng yaxshi klubi deb etirof etilgan edi.