As.com xabariga ko'ra, "qirollik klubi" rahbariyati Beylning yozda Madridga qaytishidan tashvishga tushmoqda. SHunday bo'lsa, uelslik futbolchiga yana bir mavsum davomida juda yuqori miqdorda haq to'lanishi kerak.
Ayni paytda Beyl bilan shartnoma imzolashga tayyor birorta ham klub yo'q. "Tottenxem" mutasaddilari ham sobiq yulduzning holatidan mamnun emas. So'nggi yillarda jarohatlarni taqib qila boshlagan Beylga katta o'yinlarda ishonch bildirilmayapti. 31 yoshli futbolchi joriy mavsum faqat Evropa Ligasi va liga kubogi bahslarida asosiy tarkibga kiritildi.
Beylning maoshi haftasiga 650 ming funtni tashkil qiladi.