"Arsenal" yarim himoyachisi Dani Sebalos yanvardayoq londonliklar safini tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, havbek xizmatiga "A" Seriya klublaridan takliflar bor. "Milan" va "Inter" Danini o'z safida ko'rmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Sebalosning transfer huquqi "Real Madrid"ga tegishli hisoblanadi. U joriy mavsum 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta golga assistentlik qilgan.