"Real" yarim himoyachisi Isko klub rahbariyatidan o'zini transferga qo'yishni so'radi. Bunga futbolchining jamoadoshlari bilan munosabati buzilgani sabab bo'ldi.
"Diario Gol" tarqatgan xabarga ko'ra, Isko mashg'ulotda to'la kuch bilan ishlamayotgani uchun jamoadagilar uni jiddiy qabul qilishmayapti. Shu bois, u asosiy tarkibdan o'rin olmayapti.
Bundan tashqari, jamoa sardori Serxio Ramos mashg'ulotda Iskoni ochiq tanqid qildi. Ushbu mojaro tufayli ispaniyalik futbolchi o'zini transferga qo'yishni so'radi.
Shu bilan birgalikda, Isko Evropa chempionatining final bosqichida ishtirok etmoqchi. Ammo u etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa, terma jamoadan taklif olishi ehtimoli juda past. Shu bois, yarim himoyachi boshqa jamoaga o'tmoqchi.
Isko Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 7ta o'yinda maydonga tushdi.