Madridning «Real» klubi himoyachisi Eder Militao yanvar oyida jamoani tark etishi mumkin.
defensacentral nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, braziliyalik futbolchi jamoada tutgan o'rnida qoniqmayapti. Agar "Real" "Bavariya" himoyachisi David Alaba bilan shartnoma imzolaydigan bo'lsa, u holda jamoani tark etishi haqida klub rahbariyatini ogohlantirdi. Militao "Real" tarkibida kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan va Braziliya terma jamoasi safidan chetda qolishdan xavotir olmoqda. Eder 2021 yili bo'lib o'tadigan Janubiy Amerika Kubogini o'tkazib yuborishni xohlamayapti.
22 yoshli Militao «Real» tarkibida atigi uchta o'yinda maydonga tushdi.