Madridning "Real" yarim himoyachisi Isko klub rahbariyatidan o'zini transferga qo'yishlarini talab qilgani haqida Diario Gol xabar tarqatmoqda.
Xabarda aytilishicha, Isko va Serxio Ramos o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgan. "Qaymoqranglilar" sardori ispaniyalik yarim himoyachini mashg'ulotlarda mehnat qilmayotganini tanqid qilgan. Biroq, jamoadagilarning aksariyatini fikriga qaraganda, Isko adolatsiz ravishda asosiy tarkibdan chetda qolmoqda.
Futbolchining o'zi Ispaniya terma jamoasi bilan Evropa chempionatida ishtirok etish niyatida. Biroq, u Evropa chempionatida ishtirok etishi uchun muntazam ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak. Mana shu uning transferga qo'yilishini so'rashga sabab bo'lmoqda. Isko boshqa jamoa tarkibida mana shu imkoniyatga ega bo'lishiga umid qilmoqda.