Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Markos Lorente o'z jamoasini «Real» bilan taqqosladi.
– «Real» va «Atletiko»ni o'rtasida qanday farq bor?
– Biri oq rangda o'ynaydi, ikkinchi qizil-oq rangda o'ynaydi. Har yilgi mavsumda sovrinlar uchun kurash olib boradigan ikki buyuk jamoalar.
Men o'z vaqtida «Real»da o'ynadim, hozir esa «Atletiko»daman. Ikki turli xil klublar, futbolchilar va murabbiylar.
Shuni aytishim mumkinki, «Atletiko»da juda baxtiyorman. Biz ahil oilamiz, jamoadagilarning munosabatlari a'lo darajada, bu maydonda ham ko'rinib turibdi.
Murabbiylar, futbolchilar, klub xodimlari, fizioterapevtlar – barchaning munosabatlari yaxshi. «Atletiko»ga o'tganimdan xursandman va bundan afsuslanmayman, – dedi ispaniyalik yarim himoyachi.