"Real" rahbariyati yarim himoyachi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar hozirda muzokara olib borishmoqda va ular bir to'xtamga kelishga yaqin turishibdi. Yangi shartnomaga ko'ra xorvatiyalik futbolchi 2022 yilning yoziga qadar Madridda qoladi.
"Real" Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirish borasida bir qarorga kela olmayapti. Jamoa sardorining shartnomasi joriy mavsumi so'ngida yakuniga etadi.