Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich tez orada Madrid klubi bilan yangi shartnoma imzolaydi, deb xabar beradi Marca nashri.
Manbaga ko'ra, kelishuv yana bir yilga - 2022 yil 30 iyungacha uzaytiriladi (amaldagi shartnoma muddati 2021 yil iyunida tugaydi).
Ma'lumot uchun Modrich "Real"da 2012 yildan beri o'ynab kelmoqda, bungacha u "Tottenxem" sharafini himoya qilgan.