«Gremio» hujumchisi Pepe Kossa faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Andre Ernan tarqatgan xabarga ko'ra, madridliklar 23 yoshli futbolchi uchun 20 million evro to'lashga tayyor. "Madrid" selektsionerlari ushbu haftada Kossaning o'yinlarini kuzatishgan.
«Gremio» vitse-prezidenti Paulo Luz esa, klub hujumchi borasida hech qanday taklif olmaganini, "Real"ning qiziqishi borasida esa hech narsa eshitmaganini ta'kidladi.