UEFA Evropa Chempionlar Ligasi (Chempionlar Kubogi) tarixidagi eng yaxshi klublar reytingini e'lon qildi.
Reytingni tuzish jarayonida klublarning 1955—2020 yillar oralig'ida Chempionlar Ligasi va Evropa Chempionlar Kubogida qayd etgan natijalari inobatga olingan. Jamoalarga g'alaba uchun ikki ochko, durang uchun esa bir ochko ajratilgan.
Ro'yxatning birinchi pog'onasidan «Real» klubi o'rin oldi. Madridliklar jamoasi Evropaning eng nufuzli musobaqasida 51 bor qatnashib, 13 marta sovringa ega chiqqan. Jamoa ularda 445 o'yin o'tkazib, 265 g'alaba, 77 durang va 103 mag'lubiyat qayd etgan holda 607 ball to'plagan.
Keyingi o'rinlarda musobaqaning olti karra chempioni «Bavariya» (495 ochko) va besh marta bosh sovrin egasi «Barselona» (459) qayd etilgan.
Evropa Chempionlar Ligasi / Chempionlar Kubogidagi ishtirok bo'yicha eng yaxshi jamoalar top-10 ligi:
1. «Real» (Ispaniya) — 607 ochko
2. «Bavariya» (Germaniya) — 495
3. «Barselona» (Ispaniya) — 459
4. «Manchester Yunayted» (Angliya) — 380
5. «Yuventus» (Italiya) — 361
6. «Milan» (Italiya) — 314
7. «Liverpul» (Angliya) — 298
8. «Benfika» (Portugaliya) — 287
9. «Portu» (Portugaliya) — 286
10. «Ayaks» (Niderlandiya) — 271