32 yoshli braziliyalik himoyachi Marselo Madridning «Real» klubini yanvar oyida tark etadiganga o'xshaydi, deya xabar tarqatmoqda El Chiringuito.
Manbaning yozishicha, Marselo jamoadoshi Rafael Varan bilan La Liganing 11-tur doirasida «Alaves» (1:2) qarshi o'yindan keyin torishib qolgan. Shu sababli, futbolchi ichki muhitni buzmasligi uchun braziliyalik himoyachi yanvar oyida sotib yuboriladigan bo'lib turibdi.
Bundan tashqari, Marselo Zinedin Zidanning rejalariga kiritilmayapti va frantsiyalik murabbiyi ko'proq Ferlan Mendiga ishonch bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Marselo «Qirollik klubi»da 2007 yildan beri o'ynab kelmoqda.