Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kroyfdan - Gvardiolgacha! «Barselona» tarixidagi eng kuchli jamoalar (Top 10)

.
- Yuklab olish

Bugungi «Barselona» jamoasi Kataloniya klubi tarixidagi eng kuchsizi desak, adashmagan bo'lamiz. Taniqli FourFourTwo nashri ushbu klub tarixidagi eng kuchli jamoani aniqlashga urinib ko'rdi. Ular klub tarixidagi eng kuchli 7 ta davrni, 7 ta tarkibni va 7 ta jamoani yodga olishdi. 

7 o'rin. «Barselona» 1973/74. Mora – Olmo, Kostas, De la Krus, Torres – Xuan Karlos, Reksach, Neeskens – Kroyf, Sotil, Pina.

Aynan shu yildan boshlab, «Barselona» o'zining falsafasiga ega bo'lishni boshlagan. Kroyf kelgach, klub to'pni ko'proq nazorat qilish uslubiga o'tadi va deyarli 50 yil bu uslubga sodiq qoladi. Aynan shu mavsumda Kroyf o'zining Kataloniyadagi debyutini o'tkazadi va jamoani Chempionlik sari etaklaydi. Ayniqsa, «Real» ustidan qozonilgan 5:0 hisobidagi g'alaba muxlislar yodida uzoq vaqt saqlanib qolgani aniq. 

6 o'rin. «Barselona» 1998/99. Xesp – Ferrer, Reysiger, Nadal, Bogarde — Koku, Gvardiola, Luis Enrike – Figu, Klyuyvert, Rivaldo.

Kroyfning izdoshi sifatida e'tirof etilgan Lui Van Gapl jamoa tepasiga kelganida, ko'pchilik yangi davr boshlanishini taxmin qilgan edi. Lui ishni o'zi futbolchilarini jamoaga olib kelishdan boshladi. Keyin bu tarkib ishga tushib ketdi.

Rivaldo boshchiligidagi jamoa ikki marotaba Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi. Jamoaning maydonda ko'rsatayotgan o'yini ko'plab mutaxassislarda iliq taassurot qoldirdi. Hatto, Rivaldo o'sha yili «Oltin to'p»ga loyiq ko'rildi. Umuman olganda, bu davrni klub tarixidagi eng yaxshilaridan biri deb aytishimiz mumkin.

5 o'rin. «Barselona» 2004-06. Valdes – Oleger, Markes, Puyol, van Bronkxorst – Deku, Edmilson, van Bommel – Jyuli, Eto'O, Ronaldino.

Frank Reykard jamoani qabul qilib olganda, undan katta g'alabalarni hech kim kutmagan edi. Murabbiy barchasini Ronaldinoning atrofida qurishga qaror qildi. Braziliyalik futbolchi atrofida shakllangan jamoa tezda o'z kuchini ko'rsatdi.

Ular uzoq yillardan beri xalqaro sovrinlarsiz qolib ketgan «Barselona»ga Evropa chempionlar ligasi oltin medallarini olib berishdi. Ronaldino «oltin to'p»ga ega chiqdi. Jamoa qisqa muddat birga bo'lgan bo'lsada, sayyoramizdagi eng kuchlisiga aylana oldi.

4 o'rin. «Barselona» 2014/15. Ter Shtegen – Alves, Maskerano, Pike, Alba – Rakitich, Buskets, Inesta – Messi, Suares, Neymar.

2015 yilga kelib, «Barselona» katta sovrinlarsiz qolib ketayotgan edi. Tarkibda Messi bo'lishiga qaramay, Gvardiolaning yo'qligi jamoaga pand berayotgan edi. Luis Enrike kelgach, klub hujum chizig'ida Neymar, Messi va Suares uchligi paydo bo'ldi.

Bu yigitlar birgalikda bir mavsum davomida 122 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lishdi. «Barselona» esa, Evropa Chempionlar ligasida g'alaba qozondi. Bu hujum chizig'ini hali-hamon klub tarixidagi eng kuchlisi deb hisoblashadi!

3 o'rin. «Barselona» 1990-94. Subisaretta – Ferrer, Nando, Xuan Karlos – Eusebio, Kuman, Gvardiola, Bakero – Salinas, Stoichkov, Laudrup.

Bu jamoa klub tarixidan muqim o'rin egallagan desak, adashmagan bo'lamiz. Kroyf murabbiy sifatida jamoaga kelgach, futbol olamida inqilobni amalga oshiradi. U jamoani gibrid sxemada to'p surishga o'rgatadi.

Ishga yangicha yondashuv, tezda katta natijalar olib keladi. Kroyf nafaqat kuchli jamoani, balki butun boshli o'yin uslubini yuzga keltiradi. Aynan shu jamoa «Barselona»ning DNKasini hosil qilgan.

2 o'rin. «Barselona» 2008/09. Valdes – Puyol, Ture, Pike, Silvinyo – Xavi, Buskets, Inesta – Messi, Eto'O, Anri.

Pep «Barselona»ga Reykardning o'rnini egallash uchun tashrif buyuradi. U tarkibni ancha yangilaydi va ikki yil davomida o'z falsafasini futbolchilarga uqtirishga harakat qiladi. U Rahbariyat bilan janjallashib bo'lsada, Leoni Pekindagi Olimpiadada ishtirok etishini ta'minlaydi. Messi Xitoydan olimpiyada oltin medallari bilan qaytgach, uni jamoaning asosiy figurasiga aylantiradi.

Murabbiy argentinalik bolakayning imkoniyatlariga shu qadar ishonch bildiradiki, hatto Ronaldino va Dekularni qo'yib yuboradi. Maydon markazini esa, Buskets, Xavi va Inestalarga topshiradi. Bunday keskin qarorlar tezda o'zini oqladi. Jamoa 2009 yilda EChLda zafar quchadi va sayyoramizning eng kuchli klublaridan biriga aylanadi.

1 o'rin. «Barselona» 2010/11. Valdes – Alves, Maskerano, Pike, Abidal – Xavi, Buskets, Inesta – Messi, Vilya, Pedro.

Messining asosiy figuraga aylanishi o'zini to'liq oqlagach, Pep g'oyalarini yangi darajaga olib chiqish maqsadida to'liq to'p nazoratini qo'lga oladi. Anri, Markes, Ture, Gleb, Gudyonson va Silvinolarga chiqish eshiklari ko'rsatib yuboriladi.

Oldingi chiziqni kuchaytirish maqsadida David Vilya taklif etiladi. Buskets to'liq tayanchzonasiga o'tkaziladi. Qisqa muddat ichida amalga oshirilgan katta o'zgarishlar o'z samarasini bermay qolmaydi. Klub «La Liga»ning 16 ta o'yinida ketma-ket g'alaba qozonadi. Hatto, «Real»ni 5:0 hisobida taslim etadi. Keyin EChL finalida «Manchester Yunayted»ga hech qanday imkon qoldirilmaydi. 

O'sha finaldan so'ng, Ser Aleks Messi va Pepni o'zi ko'rgan eng kuchli futbolchi va murabbiy deb ataydi. Aynan shu «Barselona» klub falsafasini eng yuqori cho'qqiga olib chiqqani bilan boshqalardan ajralib turadi desak, adashmagan bo'lamiz.

BestMaster
26 Dekabr 2020, 14:30
kroyfdan, gvardiolgacha!, «barselona», tarixidagi, kuchli, jamoalar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads