«Barselona» yarimhimoyachisi Pedri bir vaqtlar azaliy raqib jamoa «Real» a'zosiga aylanishiga yaqin edi.
Bu haqda uning do'stlaridan biri Oskar Ledesma aytib beradi. «Pedri "Real"da o'ynashiga bir bahya qolgan edi. U "Laguna" to'p tepib yurgan kezlari "Atletiko", "Vilyarreal" va "Real" qiziqish bildirgan. Lekin ularning ichida "Barsa" yo'q edi.
Shu sababli Pedri "Real"da o'ynashga qaror qilgan. Biroq, Madridda o'tgan qisqa bir hafta ichida u to'laqonli ko'nikib keta olmadi. Keyinchalik o'sib borgan futbolchi Katalon rahbariyatining mehrini qozongan», deydi Oskar.
Eslatib o'tamiz, Pedri La Liganing o'tgan 14 turida 1 gol va 1 assist qayd etgan.