Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich "Eybar"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi, keyin esa "Granada"ga qarshi o'tkazilgan bahsda Rodrigo safdan chiqdi.
- Bu biz uchun yangilik emas. O'yinlar ko'p, dam olish kunlari esa oz, mavsumoldi tayyorgarlik yig'inlari ham ko'ngildagidek bo'lmagan" - dedi "Real" futbolchisi Kazemiro.
Ispaniya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, mavsum boshida "Real"ning atigi to'rt nafar futbolchisi o'yinlarga tayyor bo'lgan. Ularning ikki nafar darvozabonlar - Tibo Kurtua va Andrey Lunin. Yana ikki nafar esa himoyachilar - Varan va Mendi.
Ularning biri mavsum boshidan beri 1800 daqiqa o'ynagan bo'lsa, ikkinchisi 1499 daqiqa harakat qildi. Agar Mendi jarohat oladigan bo'lsa, uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan 500 daqiqa o'ynagan Marselo bor edi.