Angliya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Manchester Yunayted» klubi David Alabaga bo'lgan qiziqishni to'xtatmoqchi. Ole-Gunnar Sulsher rahbariyatga futbolchining transferi borasida o'z fikrini bildirdi.
Norvegiyalik murabbiyning fikricha, Alabaning maoshini hisobga olgan holda, u uchun kurash olib borishdan ma'no yo'q. Alaba 15-20 million evro atrofida maosh talab qilmoqda.
Avstriyalik futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi va erkin agentga aylanadi. Alaba uchun asosiy nomzod – PSJ, «Real» va «Manchester Siti» klublari bo'lib turibdi.