Moskvaning «Spartak» klubi jamoa bosh murabbiyi Domeniko Tedeskoning o'rniga murabbiy izlash ishlarini davom ettirmoqda.
"Qizil-oqlar"ni boshqarishi mumkin bo'lgan murabbiylar orasida «Liverpul» va «Real» klublari sobiq bosh murabbyi Rafael Benites ham bor.
Bundan tashqari, «Spartak» «Monako» sobiq ustozi Leonardu Jardimning ham variantini ko'rib chiqmoqda. Qolaversa, moskvaliklar «Sassuolo» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbiga ham aloqaga chiqqandi, biroq, italiyalik mutaxassis bu taklifga rad javob berdi.
«Spartak» Tedesko 2021 yilning yozigacha jamoada ishlashini, shartnoma yakunlangach, uni uzaytirmaslik borasida tomonlar kelishib olganligi haqida xabar tarqatdi.