Ispaniyaning «Xetafe» klubi qishki transfer bozorida o'z tarkibini kuchaytirish niyatida.
"Xetafe" rahbariyati yanvar oyida "Real" futbolchisi Takefusu Kubo va "Barselona" a'zosi Karles Alenyalarni mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchiligi haqida AS nashri xabar tarqatmoqda.
«Real» va «Barselona» klublari o'z futbolchilarini «Xetafe»ga berib yuborishga rozi bo'ldi. Ushbu bitimni amalga oshirish uchun futbolchilarning roziliklari kerak.
19 yoshli Kubo faoliyatini «Vilyarreal» safida ijarada o'tkazmloqda, biroq, u etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani sababli «Real» o'z futbolchisini boshqa jamoaga berib yuborishni o'ylamoqda.