"El Chiringuito" xabariga ko'ra, kelasi yozda futbolchi jamoasini o'zgartirishi kutilmoqda. 32 yoshli himoyachi oldingidek yuqori tempda o'yin ko'rsata olmayotgani sababli Zinedin Zidanning ishonchidan qolmoqda.
U ushbu mavsumda 6 o'yinda 2 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Marseloning bozor narxi 12 mln evroni tashkil qiladi.