Madridning «Real» klubi hujumchisi Luka Yovich Germaniyaga qaytishi mumkin.
Kicker nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Ayntraxt» klubi serbiyalik futbolchini yanvar oyida ijaraga olmoqchi. Germaniyaliklar yaqin soatlar ichida ushbu transfer borasida «qaymoqranglilar» rahbariyati bilan muzokaralarni boshlashadi.
23 yoshli futbolchi «Ayntraxt» tarkibida 2017 yildan 2019 yilgacha to'p surgan, keyin esa 63 million evro evaziga Madridning «Real» klubi safiga ko'chib o'tgandi.
Joriy mavsum Yovich madridliklarning 5 ta uchrashuvida maydonga tushdi, lekin bitta ham gol kirita olmadi.