«Real» hujumchisi Rodrigo Goes Ispaniya La ligasining 15-turidan o'rin olgan «Granada»ga qarshi o'yinda (2:0) jarohat olgan edi.
Klub matbuot xizmatining xabar tarqatishicha, chuqurlashtirilgan tekshiruvlardan so'ng braziliyalik futbolchining son qismidagi mushagi va tizza bo'g'imi jarohat olgani aniqlandi.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, "Madrid" shifokorlar shtabi qo'rqqan tashxis tasdiqlangan. Shu bois, Rodrigo taxminan 3 oyga safdan chiqdi. Hujumchi jarrohlik stoliga yotishi ham mumkin.
19 yoshli Rodrigo Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 11ta o'yinda maydonga tushib, 4ta golga uzatma berdi.