Neapolliklar yarimhimoyachi Fabian Ruis xizmatlariga ortiqcha ehtiyoj sezmayotganliklarini ifodalamoqda.
O'z navbatida Ruis ham kam berilayotgan o'yin amaliyotidan norozi. U so'nggi 5 o'yindan bittasini asosiy tarkibda boshlagan xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, futbolchi hali yangi shartnoma borasida jamoa rahbariyati bilan kelisha olmayapti.
«Azzuri»lar Fabian uchun da'vogar bo'lgan «Real» hamda «Barselona»ga 50 million narx qo'ymoqda.