“Yigitlardan faqat bitta narsani so'rashim mumkin: chin yurakdan ishlashni va maydonda kurashishni. Hozir ular bir necha kun oilasi bilan dam oladi va keyin yana ishga qaytadi.
Azarni maydonga tushirmaslik kerak deb hisobladim. Boisi o'yin qiyin edi va men uning sog'lig'i bilan tavakkal qilishni istamadim. Bosqichma-bosqich u tarkibga qaytadi”, — deydi Zidan.
Eslatib o'tamiz, Azar navbatdagi jarohatidan so'ng endigina safga qaytgan va o'yin qaydnomasidan o'rin olgandi.