"Real" etakchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qarshi Evropa superkubogi bahsi oldidan jarohat olishiga oz qoldi.
Portugaliyalik futbolchi jamoa bilan "Filipp ІІ Makedonskiy" stadionida mashg'ulot o'tkazish uchun avtobusda tashrif buyurdi. Ronaldu avtobusdan tushish paytida jiddiy jarohat olishiga bir baxya qoldi. Krishtianu avtobus zinasida sirpanib ketib, yiqilib tushay dedi.