Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 15-tur doirasida «Granada» (2:0) ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
«Bu qiyin o'yin bo'ldi. O'yingacha yigitlarga qiyin bo'lishini aytgandim. Raqib juda yaxshi pressing uyushtirdi. Birinchi bo'lim oson bo'lmadi, ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadik. Yigitlarning ko'rsatgan o'yinidan qoniqdim, qiyin bo'lishiga qaramay, haqli ravishda g'alaba qozondik.
Ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, tez-tez to'pga egalik qildik. «Granada» yakkakurashlarda yaxshi o'ynadi va bizga muammo tug'dirdi. Yaxshi jamoani ustidan g'alaba qozondik va ketma-ket oltita uchrashuvda yutib kelyapmiz.
Futbolchilardan maydonda mana shunday kurash olib borishlarini so'rab qolaman. Hozir ular bir necha kun oila-a'zolari bilan hordiq chiqarishadi va undan keyin mashg'ulotlarga qaytamiz.
Azarni maydonga tushirmaganimni sababi - o'yin qiyin kechdi, uning sog'ligi borasida tavakkal qilgim kelmadi. U bosqichma-bosqich tarkibga qaytadi», – dedi Zidan.