«Real» himoyachisi Serxio Ramos 2015 va 2016 yillari jamoani tark etmoqchi bo'lganini tan oldi.
Futbolchining gapiga ko'ra, unga «Manchester Yunayted» klubi taklif jo'natgan.
«2015 va 2016 yillarda «Real»ni tark etishim mumkin edi. Men bilan «Manchester Yunayted» bog'langan edi. Taklif va qiziqish uchun minnatdorchilik bildiraman. Biroq «Real»da qolishga qaror qildim. To'g'ri qaror qabul qilganimdan baxtiyorman», - dedi Ramos Goal xabarida.
Eslatib o'tamiz, Ramos Qirollik klubi bilan imzolagan shartnomasi 2020 yilgacha amal qiladi.