Madridliklar «Inter» a'zosi Lautaro Martinesga qaratilgan transfer siyosatlarini bekor qildi deya xabar beradi Marca.
Ular Martinesning joriy mavsum ko'rsatayotgan sust o'yinidan va klubning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib shunday qarorga kelishgan. Endi «qaymoqranglilar»ning asosiy diqqat-markazi «PSJ» etakchilaridan biri Kilian Mbappega qaratiladi. Ular buning uchun 180 millionlik tavakkalga qo'l urishmoqchi.
Ma'lumot uchun Mbappe joriy mavsum parijliklar safida 17 ta uchrashuvda 13 ta gol urib 7 ta assistni qayd etgan.