Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq hujumchisi Rivaldo Ronaldo bilan birga ko'proq o'ynay olmaganidan afsusda ekanligini yashirmadi.
- Agar biz Ronaldo bilan birga o'ynaganimizda, u holda dahshatli juftlikka aylanardik. Biz buni Braziliya terma jamoasida ko'rsata olganmiz. Agar ko'proq birga o'ynaganimizda, biz yana xavfli qurolga aylanardi, - dedi Rivaldo Betfair bilan suhbatda.
Shuningdek, Rivaldo "Barselona"dan "Real"ga ko'chib o'tgan Luish Figuning hatti-harakatlarini qoralamaydi: «Agar menda ham shunday vaziyat bo'lganida hech qachon "Real"ning taklifiga rad javob bermagan bo'lardim. Hatto "Barselona" bilan munosabatlarimiz a'lo darajada bo'lishiga qaramay, "Real"ni taklifini yo'q demasdim. Biroq, «Barselona» har doim mening Evropadagi eng yaxshi ko'rgan klubim bo'lib qoladi» - deya qo'shimcha qildi Rivaldo.