62 yoshli Djon Oldrij «qizillar» etakchisi Muhammad Salohning «Real» safiga borib qo'shilishiga qarshiligini bildirdi.
«Agar sen Salohning darajasida bo'lganingda albatta, top klubga o'tishni xohlaysan. Lekin men uning o'rnida bo'lganimda bunday qilmasdim.
Unda Ramos bilan bog'liq muammolar bor. Muhammad u erga bormagani ma'qul. Uning Klopp bilan bog'liq ziddiyati borligini ham bilaman. Bu hozir Keynda ham kuzatilyapti. Top futbolchilar uchun murabbiy bilan til topishish qiyin jarayon.
Hozir eng maqbul yo'li u Klopp bilan jiddiy gaplashib olishi va munosabatlarini yaxshilashi kerak. Agar haqiqatan ketishni xohlayotgan ekan unga qarshi chiqmagan ma'qul», - deydi Djon.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun avval Salohning «Real»ga o'tishi borasida mish-mishlar tarqalgandi.