Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Luka Modrichning «Eybar» (3:1) klubiga qarshi o'tkazilgan o'yinda olgan jarohati haqida fikr bildirdi.
«Luka hozir noqulaylikni his qilmoqda. U bugun ertalabki mashg'ulotlarimizda ishtirok etmadi, umid qilamanki, u tez orada safimizga qo'shiladi. U borasida tavakkal qilish niyatidamasmiz. Mendagi ma'lumotlarga qaraganda, Modrichning jarohati jiddiy emas. Ko'ramiz u «Elche» bilan o'yingacha tiklana olarmikin", - Zidanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda El Espanol.